O‘quvchi-yoshlar o‘z haq- huquqlari borasida tushunchaga ega bo‘lishdi
Samarqand shahridagi zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashgan 61-son maktab-internatida seminar tashkil etildi.
O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi va Ijtimoiy himoya agentligi viloyat bo‘limlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Karlar jamiyati viloyat bo‘limi, Samarqand shahar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat vakillari ishtirok etdi.
- Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchi-yoshlar ongida ijtimoiy davlat – sifatli ta’lim, malakali tibbiy yordam, oilalar, onalik va bolalik, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muhtojlarni uy-joy bilan ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berishga karatilgan samarali siyosat olib boradigan davlat modeli ekanligini anglatishdan iborat, - deydi O‘zbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘limi raisi Lochin Ernazarov. – Shuningdek, ularning mehnati va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, nogironlar va keksalarga yordam berishni ta’minlash, davlat pensiyalari, nafaqalari va ijtimoiy himoyaning boshqa turlarini kafolatlash majburiyatiga ega ekanligini bilishlari lozim.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston karlar jamiyati viloyat bo‘limi rahbari Dilshod Tuyg‘unov inklyuziv ta’lim bo‘yicha, xususan, uning maqsadi, asosiy elementlari va tamoyillari haqida tushuncha berib o‘tdi.
Seminar yakunida tadbir moderatorlari o‘quvchilar va ularning ota-onalari savollariga javob berdi.
Dilmurod TO‘XTAYeV.