O‘quvchining o‘zlashtirishi nega susaydi? Bunga sabab bo‘luvchi qanday omillar bor?

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quvchilar salomatligi, ularning fanlarni o‘zlashtirishidagi salbiy o‘zgarishlar, ushbu holatlarning tibbiy-psixologik omillarini aniq tashxislash maqsadida tadbir tashkil etdi.

Unga Oqdaryo, Urgut, Narpay va Bulung‘ur tumanlaridagi jami 40 ta maktabning 410 nafar o‘quvchisi, ya’ni boshlang‘ich sinfda qoniqarli bilimga ega bo‘lgan va yuqori sinflarga o‘tib, o‘zlashtirishida muammolar paydo bo‘layotgan o‘quvchilar jalb etildi.

Okulist, nevropotolog, lor, pediatr, xirurg, laboratoriya, ultra tovush tekshiruvlaridan o‘tayotgan o‘quvchilar psixolog suhbatida ham bo‘lmoqda. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyeva Oqdaryo tumanidagi 20-umumiy o‘rtra ta’lim maktabida tashkil etilgan xuddi shunday jarayonda ishtirok etib, bevosita o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Ularning o‘zlashtirishni nega susaytirgani, bunga sabab bo‘luvchi omillar, salomatliklaridagi o‘zgarishlar bilan qiziqdi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.