Sentyabrda qoldirilgan darslar hisobiga, ayrim hududlarda o‘quvchilar qishki ta’tildan ertaroq qaytishadi

Xalq ta’limi boshqarmasi viloyatining bir nechta tumanida o‘quvchilar qishki ta’tildan ertaroq qaytishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan muhim xalqaro siyosiy tadbir munosabati bilan Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining qaroriga ko‘ra, Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga, shuningdek, Oqdaryo,Toyloq, Samarqand tumanlarining mahalliy kengashlari qarorlari va Jomboy tuman hokimligining tegishli farmoyishiga asosan, Samarqand tumanidagi 3 ta (7, 23, 53-maktablar), Toyloq tumanidagi 5 ta (11, 12, 15, 17, 59-maktablar), Oqdaryo tumanidagi 5 ta (25, 38, 39, 41, 48-maktablar), Jomboy tumanidagi 6 ta (5, 6, 8, 22, 20 va 44-maktablar), sonli umumta’lim maktablariga 5-19 sentyabr kunlari navbatdan tashqari ta’til berilgan.

Qarorlarda qoldirilgan dars soatlari o‘quv yili davomida beriladigan ta’tillar hisobiga qoplanishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, muassasalarda 5, 6, 7, va 8 sentyabr kunlari qoldirilgan darslar kuzgi ta’tilning 4, 5, 7 va 8 noyabr kunlari hisobidan to‘ldirilgan.

9, 10, 12, 13, 14 sentyabr kunlari qoldirilgan darslar o‘rni qishki ta’til kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, (2023 yil 5, 6, 7, 9, 10, yanvar kunlari) jami 5 o‘qish kuni.

2022 yilning 15, 16,17 sentyabr kunlari qoldirilgan dars mashg‘ulotlari o‘rni 2023 yil bahorgi ta’tilning oxirgi 3 o‘qish kuni hisobidan to‘ldirilishini ma’lum qilingan.