1 va 2-sinf o‘quvchilarining bilimini baholash tizimi o‘zgardimi?
- 13.09.2021 09:39
- 194
- Ta’lim
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda umumta’lim muassasalari 1 va 2-sinf o‘quvchilarining bilimini baholash A, B, D, E, F shaklida joriy qilinganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.
Xabaringiz bor, «Milliy o‘quv dasturi» doirasida baholash komponenti xalqaro tajribalardan kelib chiqib yaratilgan, mazkur komponentlar orasida «Baholash» komponenti ham mavjud.
Biroq yangilikni joriy qilish muhokamalar natijasida o‘qituvchilarning fikrini o‘rgangan holda amalga oshirilishi ma’lum qilinadi.
Shunday ekan, Xalq ta’limi vazirligi 2021/2022 o‘quv yilidan yangi baholash joriy qilinishi haqidagi xabarlarning asossiz ekanligini ta’kidlagan holda, barcha sinflarda o‘quvchilar bilimini baholash an’anaviy 5 balli shkalada amalga oshirilishini bildiradi. 1 va 2-sinf o‘quvchilarining bilimini baholash tizimi o‘zgargani yo‘q.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!