Xalqaro baholash: o‘quvchilarning savodxonligi sinovdan o‘tkazilmoqda, natijalar qanday?

Xalq ta’limi sohasini isloh qilish, jahon standartlari darajasida ta’lim-tarbiya berishning holatini aniqlash, o‘quvchining savodxonligini sinovdan o‘tkazishda «PIRLS-2021» xalqaro tadqiqotlarining o‘rni muhim. Joriy yilning 5 aprel kunidan viloyatimiz maktablarida ushbu sinovlar boshlandi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Z.Shodiyeva Ishtixon tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, sinov jarayonlari bilan tanishdi.

Eslatib o‘tamiz: xalqaro «PIRLS-2021» baholash dasturida Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tasodifiylik asosida tanlab olgan Samarqanddan 20 ta maktab qatnashadi. Bugun Ishtixon tumanidagi 35-, Qo‘shrabot tumanidagi 48- va 88-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 4-sinf o‘quvchilari o‘qish savodxonligi bo‘yicha ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.