Samarqandda 6 oyda qariyb 3 trillion so‘m kredit ajratildi
Viloyatdagi tijorat banklari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyida 2 trillion 989 milliard 565 million so‘m kredit mablag‘i ajratildi. Bu o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 358 milliard 748 million so‘mga yoki 12 foizga ko‘pligini ko‘rsatmoqda. Ajratilgan kreditlar jismoniy shaxslarga 1 trillion 16 milliard 233 million so‘mni, yuridik shaxslarga 1 trillion 973 milliard 333 million so‘mni tashkil etdi.
Jumladan, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan 386 ta loyihaga 1 trillion 449,5 milliard so‘m kreditlar ajratildi. Mablag‘ning 224,9 milliard so‘mi 2020 yilning birinchi yarmida ishga tushishi belgilangan 123 ta loyihalar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini oshirish dasturlari doirasida 8086 ta loyihaga 249 milliard 416 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, 911 ta kam ta’minlangan oilaga 9 milliard 346 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ajratilgan kreditlar hisobiga viloyatda 5 148 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Jasur BAHRIYeV,
Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasining tijorat banklarida davlat maqsadli dasturlari ijrosini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.