Samarqandda «Afrosiyob» tezyurar poyezdi 3 ta chorva hayvonini bosib ketdi

6 sentyabr kuni soat taxminan 10:17 atrofida «Toshkent—Samarqand—Buxoro» yo‘nalishida harakatlangan 762-sonli «Afrosiyob» tezyurar yo‘lovchi poyezdi «Kattaqo‘rg‘on—Ziyovuddin» bekatlari oralig‘ida temir yo‘l hududiga kirib qolgan 3 bosh mayda shoxli chorva mollarini urib yubordi.

Surishtiruv ishlari natijasida ushbu bir bosh qo‘y, bir bosh qo‘zi, bir bosh uloqchani 1996 yilda tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi M.Q. qarovsiz qoldirganligi aniqlandi.

Sodir bo‘lgan ushbu holat boshqa poyezdlar qatnoviga xalaqit bermagan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, fuqaro M.Q.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 113-moddasi 2-qismiga asosan 111 500 so‘m jarima qo‘llanildi.