Samarqandda elektrobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi

Bu masalada 14–16 - may kunlari Armanistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) 33 yillik yig‘ilishi va biznes-forumida kelishuvga erishilgan.

 Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur tadbir doirasida transport vaziri o‘rinbosari Ilxomjon Abdug‘afarov YeTTB (Yevroosiyo)ning infratuzilma departamenti rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Samarqand va Namangan shaharlari uchun elektrobuslarni sotib olish bo‘yicha mandat hujjatlarini imzolash hamda Transkaspiy transport yo‘lagi tarkibiga kiruvchi 4R160 “Urganch – Mang‘it” (70 km) avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish loyihasini moliyalashtirish masalalari muhokama etilgan.

 Muzokaralar yakunida "Samarqand elektr avtobuslari" hamda “Namangan elektr avtobuslari” loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirish to‘g‘risida mandat xatlari imzolangan.