Samarqandda million dollarlik kuzgi pilla mahsulotlari eksport qilinadi

Respublikamizning barcha hududlarida yilda to‘rt marotaba pilla qurti boqish amaliyoti joriy etilganidan xabaringiz bor. Buning uchun 20 dona ko‘chma qurtxona va tumanlardagi tutzorlarda 10 ta doimiy qurtxona qurildi.

Bahorgidan farqli ravishda avgust-sentyabr oylarida 3-, 4-mavsum uchun pilla boqish majburiy bo‘lmasdan, fermer xo‘jaliklari tomonidan emas, kasanachilik asosida 7140 quti ipak qurti boqilmoqda.

Hozirgacha hosilning 85 foizi terib olindi. Kuzgi qo‘shimcha boqilgan ipak qurtidan 286 tonna pilla olinib, 1 million dollarlik ipak va ipak mahsulotlari eksport qilinadi.