“Ziyovuddin silk” MChJ yil yakunigacha 27 tonna ipak tolasi ishlab chiqaradi
Joriy yilda Investitsiya dasturiga ko‘ra, Paxtachi tumanidagi “Ziyovuddin silk” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 14,0 milliard so‘mlik ipak tolasi ishlab chiqarish va tola eksportini amalga oshirish loyihasi belgilangan.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Ayni kunlarda korxona sexlariga Xitoy Xalq Respublikasidan olib kelingan ipakni qayta ishlovchi zamonaviy asbob-uskunalar o‘rnatilmoqda.
Paxtachi tumani hokimi M.Hamdamov xorijlik mutaxassis hamrohiligida ushbu uskunalarning o‘rnatilishi va ishlash jarayonlari bilan tanishdi.
- Ushbu ixcham va zamonaviy texnologiyalar to‘liq ishga tushgach, korxonamiz bir yilda 240 tonna ipakni qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, - deydi hamda “Ziyovuddin silk” MChJ rahbari T.Haydarov. – Shu yil yakunigacha 27 tonna ipak tolasi ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz.
Paxtachi tumani hokimligi axborot xizmati.