Kattaqo‘rg‘onlik ilg‘or pillakorlar sovg‘a oldi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Mardi Sultonov nomli muqobil mashina-traktor parki hududidagi fermer xo‘jaliklari pillakorlari 40,4 tonna sifatli pilla yetishtirib, qayta ishlash korxonalariga yetkazib berdi.

Shu munosabat bilan tuman hokimligida tadbir tashkil etildi. Tuman hokimi ilg‘or pillakorlarni qutlab, ularga qimmatbaho sovg‘a topshirdi.

- Bu yil pillakorlarimiz 729 quti ipak qurti parvarishladi, - deydi Mardi Sultonov nomli muqobil MTP raisi vazifasini bajaruvchi Ikrom Shodiyev. - Mavsum bor-yo‘g‘i bir oy davom etgan bo‘lsa-da uning manfaatdorligini odamlar yurakdan sezib ishlashdi. Chunki ipak qurti boqib 5-6 million so‘mdan oilasiga daromad olganlar ko‘p bo‘ldi. Qolaversa, pillakor uchun bir yillik ish staji ham naqd.

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi axborot xizmati.