Samarqandda sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oladi
Joriy yilning 13-16-fevral kunlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Samarqand viloyatida sportning sambo hamda jangovar sambo turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.
Ushbu musobaqada har bir vazn toifasida 14 hududdan saralangan sportchilar ishtirok etadi. Musobaqada o‘zining iqtidorini namoyish etgan sportchilar milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilinib, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar vazirlik tomonidan medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.
***
Shuningdek, 9-15 mart kunlari Samarqand shahridagi suv sportiga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining "Delfin" suzish havzasida suv polosi bo‘yicha 1999-2000 yillarda tug‘ilgan sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tadi.