Samarqandlik sambochi ikki karra jahon chempioni bo‘ldi

Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida sambo bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada dunyoning 80 ta mamlakatidan 470 nafar sportchi sambo, jangovar sambo va para sambo bo‘yicha 31 vazn toifasida medallar uchun kurash olib bordi.

Mazkur jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada samarqandlik sambochi Ilhom Parmonov 58 kilogramm vazn toifasida jahon chempionligini tantana qildi. U finalda gruziyalik olti karra jahon chempioni Chidrashvili Vahtanginidan ustun keldi.

Bungacha Samarqandda sambo bo‘yicha Shavkat Jo‘rayev (2000 yil Panama va 2005 yil Astana) hamda Davlatjon Hamrayev (2019 va 2020 yillarda) jahon chempioni bo‘lgan. Ilhom Parmonov 2018 yilda o‘smirlar o‘rtasida ham jahon chempionligini qo‘lga kiritgan uchinchi samarqandlik sportchi. Shuningdek, u 2021 va 2024 yillarda kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni ham bo‘lgan.

Ilhom Parmonov 2013 yildan beri Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi trener-o‘qituvchisi Mirsa’di Shodiyev qo‘l ostida shug‘ullanib kelmokda.

Zohir HASANZODA.