Samarqandlik chempion sambochilar munosib kutib olindi

Janubiy Koreyaning Chonju shahrida o‘tkazilgan sambo bo‘yicha jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritib qaytgan sportchilarimizni bugun Samarqand shahrida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat xokimi o‘rinbosari R.Qobilov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, viloyat sambo federatsiyasi raisi D.Jumaniyozov hamda viloyatimiz faxriy sportchilari chempionlarni yutuq bilan yana bir bor tabriklab, mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 74 mamlakatidan 500 nafardan ortiq sportchilar orasidan samarqandlik sambochilar 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 bronza medallarini qo‘lga kiritganini e’tirof etishdi.

Tadbirda sportchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi. G‘olib sambochilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Sitorabonu RAHMONBERDIYeVA.