Samarqandda takroran yer osti silkinishi sezildi

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 4 dekabr, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan tong soat 05:35 da O‘zbekistonda yer osti silkinishlari qayd etilgan.

Zilzila epitsentri Toshkentdan 191 kilometr janubda joylashgan. Epitsentrda zilzila magnitudasi 4,5 ballni tashkil etgan. O‘chog‘i 18 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Yer osti silkinishlari kuchi Guliston va Samarqandda 2 ballni, Jizzaxda 3 ballni tashkil etgan. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila boshqa shaharlarda sezilmagan.
Kecha, 3 dekabr kuni Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston shaharlarida ham sezilgani haqida xabar berilgan edi.