Samarqandda yana bir xalqaro anjuman o‘tkazilish mumkin
Bu bo‘yicha kelishuv Qatarda bo‘lib o‘tgan Web Summit Qatar – 2024" xalqaro texnologiya konferensiyasi davomida muhokama qilingan. Konferensiyada O‘zbekiston elchixonasida "Uzbekistan Tech Conference" taqdimoti o‘tkazilgan.
O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park, "Uzinfocom" va "Uzum" kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbir IT sohasidagi ko‘plab xorijiy kompaniyalar vakillarining yuqori qiziqishiga sabab bo‘lgan.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, ma’ruzachilar O‘zbekistonning global ishbilarmonlik sohasidagi raqobatbardosh ustunliklarini ta’kidlash barobarida, mamlakatimizda IT va innovatorlik sohalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va imkoniyatlar haqida bergan. IT-Park tarmog‘idagi startaplar – "Tass Vision", "Sarmo" va "TopBrains" kabi kompaniyalarda hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha alohida qiziqish uyg‘otgan. Xususan, Qatarning "TezQatar" va "Maeza" kabi dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z vakolatxonalarini ochish rejalarini bildirgan.
Tadbir yakunida barcha konferensiya ishtirokchilari bilan 2024 yil 18-20 mart kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Offshore Outsourcing Tour" tadbirida ishtirok etishi to‘g‘risida kelishib olindi, deyiladi xabarda.