Samarqandda yil yakunigacha 50 ta yangi korxona eksportga jalb qilinishi aytilmoqda
“O‘zbekiston-2030” harakatlar rejasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan joriy yilda Xitoy tajribasiga tayangan holda yirik va hududiy investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil 30 avgustdagi sessiyasida viloyat hokimining o‘rinbosari O.Hamrayev ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, Xitoy bilan hamkorlikdagi loyihalarni o‘zlashtirish hamda barcha manbalar hisobiga investitsiya va kreditlar o‘zlashtiriladi. Bu loyihalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar holati doimiy ravishda o‘rganib boriladi va tahlil qilinadi. Hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan kredit mablag‘larini ajratilishini ta’minlanadi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, birgina hududiy investitsiya dasturlari doirasida qiymati 23,9 trillion so‘mlik 709 ta loyihani ishga tushirish hisobiga 19838 ta ish o‘rni yaratiladi. Joriy yilda 50 dan ortiq yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilinishi natijasida 10 dan ortiq yangi turdagi mahsulotni eksportga chiqarish hamda eksport hajmini 20 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.