Samarqanddagi saylov jarayonini 67 nafar muxbir va blogerlar yoritib boradi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga o‘tkaziladigan saylov jarayonini yoritish bo‘yicha 67 nafar respublika ommaviy axborot vositalarining viloyatdagi muxbirlari, viloyatdagi OAV vakillari hamda blogerlar akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Ro‘yxatdan o‘tkazilganlar uchun joylarda saylov jarayonining borishi, amalga oshirilayotgan ishlarni yoritish bo‘yicha maxsus guvohnomalar berildi.

Jumladan:

Respublika OAVning viloyatdagi vakillari – 12 nafar;

Respublika TV muxbirlari – 7 nafar;

Viloyat TV – 19 nafar;

Viloyat gazetalari (shaharlar va tumanlar gazetalaridan tashqari) – 13 nafar;

Veb-sayt muxbirlari – 9 nafar;

Blogerlar – 7 nafar.