Saidahmad Usmonov va Inobat Boboqulova viloyat Kengashiga deputat etib saylandi
- 02.06.2022 13:13
- 531
- Siyosat

Xabar qilganimizdek, shu yil 29 may kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining Kattaqo‘rg‘on tumani hududidagi 29-Qoradaryo hamda Past Darg‘om tumani hududidagi 41-Mevali saylov okruglarida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun saylov bo‘lib o‘tdi.
Saylov natijalariga ko‘ra, 29-Qoradaryo saylov okrugidan viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi a’zosi Saidahmad Usmonov 60,4 foiz ovoz bilan, 41-Mevali saylov okrugidan Samarqand shahar 1-son FHDYo bo‘limi mudirasi, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi a’zosi Inobat Boboqulova 51,7 foiz ovoz bilan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga saylandi.
Teglar:
saylov
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand