Samarqandga dam olish kunlari qancha sayyoh keldi?
- 24.03.2023 17:40
- 87
- Sayohat
Samarqandga 18-22 mart kunlari 203 ming 370 nafar mahalliy, 19 ming 924 nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi.
Navro‘z munosabati berilgan dam olish kunlarini ko‘pchilik yurtdoshlarimiz sayohatda o‘tkazishga harakat qilishdi. Bu kunlarda Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Navro‘z bayrami munosabati bilan 2023 yil 19–23 mart kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy qilindi.
Xususan, respublika bo‘ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar hamda rejalashtirilgan tadbirlar, ichki turizm yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ro‘yxati e’lon qilindi.
Bularning natijasida salkam 20 ming nafar sayyoh Samarqandga tashrif buyurdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 2 soat avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- 2 soat avval
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa