Samarqandlik iste’dodlar Qirg‘izistonda birinchi
- 19.07.2019 17:34
- 155
- Madaniyat
Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahri va Issiqko‘l sohilida “Issiqko‘l do‘stlarni chorlaydi” nomli xalqaro tanlov o‘tkazilmoqda.
Ushbu xalqaro tanlovda yurtimizdagi bolalar musiqa va san’at maktablarining iqtidorli o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Jumladan, Samarqand shahar 1-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Mushtariybegim Hamidova hamda «Shodiyona» raqs jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yosh musiqachi va xonandalar O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov bilan muloqotda bo‘ldi. Yurtdoshlarimiz xalqimizning boy merosi hisoblangan kuy-qo‘shiqlarimiz bilan tanlov ishtirokchilarini shod etishmoqda.
Teglar:
Siyob bozor