Siyob dehqon bozori va atrofidagi 495 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida kamchiliklar aniqlandi

Samarqand shahri  Siyob dehqon bozori  va atrofidagi hududda o‘tkazilgan o‘rganish natijasida 495 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida kamchiliklar kuzatildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Jumladan,  161 ta  hujjatiz faoliyat  yuritish, 38 ta faoliyat turi guvohnomaga mos kelmasligi, 57 ta nazorat kassa mashinasini o‘rnatilmaganligi, 57 ta bankdan hisob raqami ochilmaganligi, 59 ta to‘lov terminallari o‘rnatilmaganligi, 54 ta ijara shartnomasi tuzilmaganligi, 13 ta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirmaganligi va 56 ta tadbirkorlar tomonidan norasmiy yollanma ishchilarni ishlatish kabi holatlar aniqlangan.

Hududdagi  177 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning kamchiliklari to‘liq bartaraf etildi.