Samarqandning o‘z “Oltin qalam”i bo‘ladi (mi)!
Bu haqda viloyat Matbuot uyida birinchi bor tashkil etilgan “Samarqand turizm salohiyatini eng yaxshi yoritgan jurnalist” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimida bildirildi. Taniqli bloger va jurnalist Karimberdi To‘ramurod jamiyatdagi muammoli masalalarni keng yoritgan jurnalistlarni aniqlash uchun viloyatdagi OAV vakillarining yashirin ovozlari orqali aniqlash va unga “Oltin qalam” singari mukofot ta’sis etishni taklif etdi.
Haqiqatan ham dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat tomonidan jurnalistlar uchun hech bir mukofot ta’sis etilmagan. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida jurnalistlarga beriladigan Pulitser mukofoti Missichutes shtati universiteti tomonidan ta’sis etilgan. Tadbirda OAV vakillari tomonidan hamkasblar o‘rtasida oyning eng yaxshi jurnalisti (gazeta, televideniye, radio, internet va b...)ni aniqlab borish bo‘yicha fikrlar ham bildirildi.
“Samarqand turizm salohiyatini eng yaxshi yoritgan jurnalist” tanlovida G‘ayrat Yo‘ldosh birinchi, Karimberdi To‘ramurodov ikkinchi, Asliddin Mustafoyev uchinchi o‘ringa loyiq topilib, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyatining sovg‘alari bilan taqdirlandilar.