Samarqandning turizm imkoniyatlari Buyuk Britaniyada taqdim etilmoqda

Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan shu kunlarda Samarqand turizm sohasi vakillari “British Tourism and Travel Show – 2024” xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Buyuk Britaniyaning ushbu xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi har yili Birmingemdagi eng yirik ko‘rgazma markazlaridan biri - «National Exhibition Centre»da o‘tkaziladi. Ko‘rgazma Yevropa va dunyoning yirik transport kompaniyalari, mehmonxonalar, kurortlar, ko‘ngilochar bog‘lar va boshqa turistik tashkilotlar vakillarini birlashtiradi.

Ta’kidlash lozimki, “British Tourism and Travel Show” xalqaro ko‘rgazmasi 1969 yildan buyon har yili bir marta o‘tkazib kelinadi.

Birmingemdagi sayyohlik ko‘rgazmasida viloyatimiz vakillari Samarqandning turizm salohiyati va imkoniyatlari bo‘yicha o‘z taqdimotlarini o‘tkazmoqda.