Saratonga chalingan bemorlar uchun xospislar quriladi

Shu yil Investitsiya dasturi doirasida Samarqand shahridagi «Qobul Mirzo» xususiy ishlab chiqarish firmasi 4,3 milliard so‘m mablag‘ evaziga viloyat onkologiya dispanseri hududida XOSPIS (bino qurilishi va yordamchi inshootlar) quradi.

Umuman, joriy yilda Samarqanddagi 6 ta tibbiyot muassasasida yangi qurilishlar amalga oshiriladi. Ushbu bunyodkorlik ishlariga 28 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratiladi.

Dastur doirasida respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining viloyat filialida "Shohruhjon Servis" xususiy korxonasi tomonidan 20 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Qo‘shrabot davlat sanitariya osoyishtalik markazi (DSOM)da yangi bino, mazkur muassasa hamda Nurobod va DSOMda vaksina saqlash omborxonalari quriladi.