Samarqand viloyatida 10 ta tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi
- 09.11.2019 11:58
- 171
- Salomatlik
Investitsiya dasturi asosida 2019 yilda viloyatimizda 17 ta tibbiy muassasa 60,9 milliard so‘mga ta’mirlanib, shundan 10 tasi foydalanishga topshirildi.
4 tasi yil oxirigacha xalqimiz xizmati uchun tayyor bo‘ladi, 3 tasi esa yildan-yilga o‘tuvchi ob’yektlardir.
Shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari asosida 12 ta tibbiyot muassasalarida 10,1 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ularning 3 tasi foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, qolgan 9 tasi yil oxirigacha tayyor holga keltiriladi.
Bundan tashqari, 2019 yilda mahalliy byudjet hisobidan 29,6 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, 14 ta tibbiy muassasa joriy ta’mirdan chiqarildi.
Teglar:
tibbiyot muassasasi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandga 11 oyda 8,5 millondan ziyod sayyoh keldi
- 36 daqiqa avval
- Sayohat
Yerga mehr berganlar – el e’zozida
- 41 daqiqa avval
- Qishloq xo'jaligi