Samarqandda 586 ta xususiy tibbiyot muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda

Xususiy sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirish, aholi uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish, xususiy tibbiyot tashkilotlarining investitsiyaviy faolligini yaxshilash, ularni zamonaviy texnologiyali asbob-uskunalar va butlovchi qismlar bilan jihozlash, shuningdek, tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat rahbari tomonidan “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori tasdiqlangan.

Mazkur qarorda berilgan topshiriqlar ijrosi Samarqand viloyatida ham amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda viloyatda 586 ta xususiy tibbiyot muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 491 tasi ambulator va 95 tasi statsionar sharoitda faoliyat yuritib, 3676 ta o‘rin-joy bilan ta’minlangan.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda jami 20 ta yangi xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etildi. Shundan, 6 tasi statsionar, 14 tasi ambulator hamda 3 ta muassasa o‘z faoliyatini kengaytirib, jami 146 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Xususiy sektorda 7019 nafar tibbiyot xodimlari faoliyat olib borib, ularning 2318 nafarini shifokor va 4701 nafarini o‘rta tibbiyot xodimlari tashkil etadi.

Samarqand viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi.