Viloyatdagi 9 ta tibbiyot birlashmalari rahbarlari jarimaga tortildi: bu birlashmalarda ishga qabul qilish tartibi buzilgan

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan viloyatdagi sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlarida xodimlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish holati monitoring qilindi.

Monitoring davomida 11 ta tuman tibbiyot birlashmalarida 22 ta holatda mavjud vakant lavozimlarga ochiq tanlovlarsiz hamda tanlov g‘olibi aniqlangunga qadar "v.b." sifatida xodimlarini ishga olish holatlari aniqlandi.

Monitoring natijasi bo‘yicha Bulung‘ur, Jomboy, Narpay, Nurobod, Payariq, Paxtachi, Toyloq, Samarqand tumanlari va Samarqand shahar Tibbiyot birlashmalarining 9 nafar rahbar xodimlari jami 23 mln. 100 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimaga tortildi.

Shuningdek, noqonuniy ishga qabul qilinganlar bo‘yicha 22 ta buyruq bekor qilinib, tashkilotlarning Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limlari boshliqlariga intizomiy chora qo‘llash uchun viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.