Karantin qoidalari Oqdaryo tumani tibbiyot birlashmasiga tegishli emasmi?

Yana shu gap, niqoblar iyakda, avtomobil egalari saloni to‘la odam bo‘lsa-da, niqobni ham xuddi xavfsizlik kamari singari yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarini ko‘rgandagina taqiladi. Xizmat safari bilan Oqdaryo tumaniga borganimizda yana beixtiyor karantin qoidalariga nechog‘lik amal qilinayotganiga ko‘z tushaveradi. Ko‘chada odamlar unchalik gavjum bo‘lmasa-da, ammo odamlar virus go‘yo bizga yetib kelmaganday, bemalol, niqoblarini tushirib yurishlariga guvoh bo‘lamiz.

Oqdaryo tumani tibbiyot birlashmasiga karantin qoidalari esa umuman tegishli emasday. Loyish shaharchasidagi tuman tibbiyot birlashmasida joylashgan bolalar, nevrologiya, terapiya bo‘limlariga bemalol kirish mumkin. Dezinfeksion tunnelning o‘zi yo‘q. Hech kim haroratingizni ham o‘lchamaydi, qo‘llarga antiseptik vositalar surishga ham birov hafsala qilgani yo‘q.

Tibbiyot muassasasidaki, ahvol shunday bo‘lsa, boshqa tashkilotlardan nimani kutasiz?!