Pastdarg‘omlik tibbiyotchilar xitoylik hamkasblari bilan hamkorlik qiladi

Pastdarg‘om tumani tibbiyot birlashmasida Xitoyning "Nova International" korporatsiyasi asoschisi va rahbari Yu Ting xonim boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda savdo va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, madaniy almashinuvlarni kuchaytirish hamda sog‘liqni saqlash sohasida yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Yu Ting xonim tibbiyot sohasida ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan hamkorlik imkoniyatlarini alohida ta’kidladi.

Xitoy tibbiyoti o‘zining innovatsion texnologiyalari, mutaxassislarning yuksak ilmiy-amaliy salohiyati tufayli hamkorlik uchun jozibador hisoblanadi. 

Tomonlar turli sohalarda bir-birining tajribasidan foydalanish orqali o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qadamlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. 

Yakunda tumanda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish borasida dastlabki hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tuman tibbiyot birlashmasi axborot xizmati.