Sayyorani ulkan odamlar boshqargan

Juda ko‘p xalq afsonalarida yer yuzida odamsimon ulkan mavjudotlar yashagani tildan tilga o‘tib kelgan. Misr ehromlari, Janubiy Amerika va Yevropadagi osmono‘par qasrlarni qadimgi grek afsonlarida eslatilgan bahaybat bir ko‘zli maxluq-sikloplar barpo etgani haqida hikoya qilinadi.
Xuddi shunday ma’lumotlar asteklarning “Tipperia - Remensis kodeksi” asarida keltirilgan. Unga ko‘ra, yerda ketma-ket to‘rtta inson sivilizasiyasi mavjud bo‘lgan. Birinchi ulkan irq ochlikdan qirilib ketgan. Ikkinchisinikatta yong‘in yo‘q qilgan. Uchinchi avlodni dahshatli to‘fon o‘z domiga tortgan (boshqa taxminlarga ko‘ra,zilzila tufayli halok bo‘lgan). To‘rtinchi avloddunyo bo‘yicha sodir bo‘lgan suv toshqinida halok bo‘lgan. Ana shu to‘rtinchi avlod halokatidan keyin hozirgi zamon avlodi paydo bolgan.
Ulkan mavjudotlar haqida qadimliklar (Peru) afsonalarida ham eslatiladi. Ulug‘ ink Astarxo mamlakatiga bahaybat odamlar okeandan suzibkelishgan. Kelgindilar shunchalik baland bo‘ylik bo‘lganki, hatto eng baland hindu ham ularni tizzasidan kelgan. Ulkan odamlarning boshi katta, sochlari qora, ko‘zlari katta likopchani eslatgan. Hozirgi zamon ayrim olimlarining fikricha, bu Misr Sfikslari qiyofasiga juda o‘xshagan.
Afsonalardan tashqari, ularni tasdiqlovchi dalillar ham topilgan. Janubiy-G‘arbiy AfrikadaOkavango daryosi qirg‘oqlarida qazilma chog‘ida ulkan bolta, panshaxa qoldiqlari topilgan. Bolta uzunligi bir metr, og‘irligi 150 kg, yoshi 49 million yil deb taxmin qilinadi.
Shotlandiyalik tadqiqotchi Devid LevingstonAfrika ulkan odam qoldiqlarini shundaytasvirlaydi: “U aqlbovar qilmas kuchga ega bo‘lgan. Bir qo‘li bilan daryo oqimini to‘sa olgan”.
Bu ulkan mavjudotlar yelkasida filni ko‘taraolgan. Bu ularni izidan bilinib turibdi. 1917 yilda JAR (Janubi Afrika Respublikasi)da Vepd tekisligida aniqlangan iz uzunligi 1,3 metr, eni 76 cantimetrni tashkil etgan.
Bunday qoldiq dalillar dunyoning turliburchaklarida arxeologik qazilmalar chog‘ida ko‘ptopilgan. Ayniqsa, 2007 yilda Mo‘g‘ulistonningGobi sahrosida topilgan odamsimon ulkanmavjudot skeleti dunyoni hayratga soldi. Britaniyalik paletoliglar topgan bu skelyetningbo‘yi 15 metrga yaqin edi. Yoshi esa 45 million debbaholandi.
2017 yilda Tailandda Kdo Kxanal Nam Gorida shoxli ilon tomonidan o‘ldirilgan bo‘yi 5 metrlik ulkan odamsimon mavjudot qoldig‘i topildi. Taxmin qilinishicha, u ilon bilan olishgan, natijada ikkisi ham halok bo‘lgan. Bu paleontologlar tomonidan shu paytgacha topilgan qoldiqlarning eng muhimi hisoblanadi.
Bunday dalillardan keyin sayyoramizda ulkan irq mavjud bo‘lganiga shubha qolmaydi. Bir qator chet ellik mutaxassislar ta’kidlashicha, bir joyda qor odam, bir joyda yeti deb ataladigan qo‘lga tushmas mavjudot o‘sha irqning avlodi emish.
T.Shomurodov tayyorladi.