Shri-Lanka muxolifati muvaqqat hukumat tuzadi

Namoyishchilar mamlakat prezidenti va bosh vazir qarorgohlarini egallab olishgach, Shri-Lanka muxolif partiyalari vaqtinchalik “birlik hukumati” tuzishga qaror qilishdi.

Avvalroq Gotabaya Rajapaksa davlat rahbari lavozimini tark etishga va’da bergan, yakshanba oqshomida turli siyosiy harakat yetakchilari muzokaralar o‘tkazishgan edi. Ammo namoyishchilar prezident va bosh vazir iste’fosini rasman e’lon qilishini talab qilib, hashamatli qasrlarni tark etishdan bosh tortmoqda.

Parlament spikeri Japa Abeivardena kelasi hafta Gotabay Rajapaksa iste’foga chiqqach, 15 iyulda parlament chaqirilishi va 20 iyulda yangi prezident saylanishini ma’lum qildi.

Avvalroq, Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikramasingxe mamlakat prezidentidan davlat rahbari iste’foga chiqqanini tasdiqlovchi hujjatlarni olganini ma’lum qilgandi.

Hukumat noto‘g‘ri boshqaruvda ayblanmoqda. Shu sababli Shri-Lankada iqtisodiy inqiroz avj oldi. Aholi oziq-ovqat, yoqilg‘i va dori-darmonning keskin tanqisligiga duch keldi.

"Yarim yildan buyon oziq-ovqat, benzin uchun odamlar navbatga turishadi. Lekin endi ularda umid paydo bo‘ldi", - deydi namoyishchilardan biri.

Janubiy Osiyodagi bu orol davlatda hukumatga qarshi namoyishlar apreldan buyon davom etmoqda.