Sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lamasa ham bo‘ladimi?

Hayot hamma vaqt ham birdek tekis va ravon bo‘lmaydi. Uning baland-past yo‘llarida turli muammoli vaziyatlar yuzaga kelishi tabiiy. Xususan, fuqarolik munosabatlarida har xil nizoli holat bo‘lishi mumkin. Shunday paytlarda kishilarimiz, sud orqali adolatni yuzaga chiqarishga hafsala qilmaydi.

Bunda ko‘pincha “davlat boji to‘lamasam sud ishni ko‘rib chiqmaydi, degan noto‘g‘ri qarash sabab bo‘ladi. Vaholanki, ushbu masalada qonunchiligimizda nafaqat fuqarolarimizga, balki yuridik shaxslarga ham qator imtiyozlar belgilangan.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunida davlat boji turlari, uni to‘lovchilar, stavkalari bilan birga davlat bojini to‘lashdan ozod qilish qoidalari ham belgilangan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudi raisi Faxriddin Qarshiyev mazkur yengillik va qoidalar haqida gapirib berdi.

***

Ushbu videolavha Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti loyihasi asosida tayyorlandi.