Yaqin qarindoshlarga transport vositalariga ishonchnoma berishda qancha davlat boji undiriladi?
- 23.04.2019 09:46
- 1794
- Yo‘riqnoma

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 fevraldagi 123-son qarori bilan notarial harakatlar uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari qayta ko‘rib chiqildi.
Qaror bilan davlat boji miqdorlarini hisoblash tizimi yanada soddalashtirilib, aholi uchun bir qancha yengilliklar yaratildi.
Jumladan:
avtomashinani boshqarish yoki sotish huquqi bilan ishonchnomalarni yaqin qarindoshlarga (xotiniga (eriga), xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga) berganlik uchun eng kam ish haqining 50% miqdorida davlat boji undirilishi belgilangan.
Eslatma: Avtomashinani boshqarish yoki sotish huquqi bilan ishonchnomalarni begona shaxslarga berganlik uchun esa eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ular - hunarmand, tadbirkor, lider
- 28 daqiqa avval
- Jamiyat
Biz YUNESKO tanlovida qatnashyapmiz
- Bugun, 18:01
- Samarqand
“Biz ana shunday do‘stmiz”
- Bugun, 17:59
- Mutolaa