Avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni masofadan turib rasmiylashtirishingiz mumkin
- 30.08.2022 11:31
- 223
- Qonun va hujjatlar
1 sentyabrdan boshlab avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni my.gov.uz orqali ham masofadan, ham o‘zingizga qulay narxda rasmiylashtirsangiz bo‘ladi.
Ya’ni haydovchilar ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurishmaydi, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda ham turishmaydi. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.
Hujjat unutib qoldirilganida ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.
Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.
Bunda davlat boji:
➖ 1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 % (90 ming so‘m);
➖ 6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 % (450 ming so‘m);
➖ 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 % (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.