Xorijda bo‘lgan qarindoshining pensiyasini ishonchnoma orqali olish mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, xorijda bo‘lgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasiga kela olmagan paytida ishonchnoma orqali to‘lanishi mumkin.

Pensiya jamg‘armasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bunda fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan 3 xil mazmundagi asos bo‘lgan ma’lumotnoma beriladi. Xususan:

➖ fuqaro sog‘lig‘i tufayli O‘zbekiston Respublikasiga kelolmasligi;

➖ fuqaroga istiqomat qilib turgan respublikada pensiya yoki nafaqa tayinlanmaganligi;

➖ doimiy ro‘yxatda turmasligi to‘g‘risida.

Ushbu ma’lumotnomalar berilgandan keyin pensiya tiklanib, 12 oydan oshmagan muddatga to‘lab berilishi mumkin.

Qonunchilikda mazkur ma’lumotnomalar orqali pensiya tayinlash nazarda tutilmagan.

Ishonchnoma pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotning bo‘linmasida saqlanadi.