Adliya vazirligi avtotransportlarning ishonchnomalari yuzasidan izoh berdi
“Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha” ko‘rsatmada avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma 2 ta nusxada rasmiylashtirilishi, uning 1 nusxasi fuqaro tomonidan 10 kun ichida hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalariga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilishi belgilangan.
Bugungi kunda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan ishonchnomalar notarial idoralarda rasmiylashtirilgan vaqtda ushbu ishonchnomalar hududiy YHXDX organlariga hisobga olish uchun elektron tarzda yuboriladi va Yagona avtomatlashtirilgan tizimga kiritiladi.
Hukumatning mazkur qaroriga asosan Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2000 yil 29 maydagi 01-526, 24/8-855-son “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha” ko‘rsatmasi amalda o‘z ahamiyatini to‘liq yo‘qotgan.
Shu sababli, Adliya vazirligi tomonidan ushbu hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqidagi loyiha tayyorlandi.