Moddiy javobgar bo‘lgan xodimlar egallaydigan lavozim va ishlar ro‘yxati tasdiqlandi
Adliya vazirligi tomonidan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida o‘zi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin bo‘lgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy ro‘yxati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ta’kidlash lozimki, ushbu namunaviy ro‘yxatda to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida o‘zi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin bo‘lgan xodimlar egallaydigan 26 ta ish turlari bo‘yicha 177 ta kasblar va lavozimlar belgilab berilgan.
Jumladan, ombor, g‘azna va boshqa bo‘linmalarda rahbarlik ishlari, farmatsevtika sohasidagi ishlar, muhandis-kimyogarlik ishlari, kassirlik ishlari, mahsulotlarni sotish ishlari bo‘yicha kasb va lavozimlar keltirilgan.
Ma’lumot uchun: mehnat kodeksining 343-moddasida to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida o‘zi bilan yozma shartnomalar tuzilishi mumkin bo‘lgan xodimlar egallaydigan lavozimlar va ishlarning namunaviy ro‘yxati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanishi nazarda tutilgan.