Ayrim hududlarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni tasdiqlandi.
Mazkur bayonning 1 ilovasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Xususan, Samarqand viloyati bo‘yicha:
- Samarqand shahri M-37A “Samarqand halqa yo‘lining” 40-43 km. oralig‘i, Afrosiyob, Dahbed va Gagarin ko‘chalari;
- Qattaqo‘rg‘on shahridagi Amir Temur, Samarqand, U.Barnoyev ko‘chalari;
- Urgut tumanidagi 4P47 “Bulung‘ur-Urgut-M39” avtomobil yo‘lining 57-64 km. oralig‘i, 4P50 “Toyloq-Urgut” avtomobil yo‘lining 22-24 km. oralig‘i, 4K522 “Urgut-Pochvon-Ustaxona” avtomobil yo‘lining 0-2 km. oralig‘i;
- Bulung‘ur tumani 4P47 “Bulung‘ur-Urgut-M39” avtomobil yo‘lining 0-5 km oralig‘i;
- Toyloq tumani A-377 “Samarqand-Ayniy” avtomobil yo‘lining 2-9 km. oralig‘ida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.