Bayram munosabati bilan avtobus va yo‘nalishsiz taksilarning belgilangan tarif bo‘yicha harakatlanishi nazorat qilinmoqda
Respublikasi Mustaqilligining 28 yillik bayrami munosabati bilan joriy yilning 28 avgustidan 4 sentyabr kuniga qadar (8 kun davomida) Transport vazirligi hududiy boshqarmalari inspektorlari tomonidan yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmati sifatini nazorat qilib borish hamda belgilangan yo‘l kira naxlarini sun’iy ravishda oshirib yuborilishining oldini olish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining statsionar postlarida YHXB xodimlari bilan hamkorlikda monitoring o‘tkazish bo‘yicha navbatchilik tashkil etildi.
Ushbu navbatchilik tadbirlariga Vazirlikning 150 dan ortiq inspektorlari jalb qilingan bo‘lib, ular tomonidan avtobus haydovchilarining tashuvlar bo‘yicha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishi, ya’ni avtobus sig‘imidan ortiq yo‘lovchilarni salonga olmasliklari, belgilangan tariflar asosida harakatlanishi nazorat qilib borilmoqda.
Shu bilan birga, shaharlararo qatnovchi yengil avtomobillar to‘xtash joylarida (pitaklarda) yo‘nalishsiz taksilar tomonidan bayram munosabati bilan yo‘lovchi oqimining keskin ortishi ortidan yo‘l kira narxini sun’iy ravishda ko‘tarishni oldini olish bo‘yicha ham inspektorlar tomonidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.