Suriyadagi IShID yetakchisi yo‘q qilingani aytilmoqda
Turkiya razvedkasi shanba kuni Suriyada “Islomiy davlat” terrorchilik guruhi yetakchisi Abu al-Husayn al-Qurayshiyni o‘ldirdi. Bu haqda yakshanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an TRT Turk telekanali efirida ma’lum qilgan.
"Turkiya milliy razvedkasi IShID yetakchisi Abu al-Husayn al-Qurayshiy uzoq vaqtdan beri kuzatib kelmoqda. Bu shaxs kecha Suriyada Turkiya razvedkasi tomonidan o‘tkazilgan operatsiya natijasida yo‘q qilindi", - degan Erdo‘g‘an.
U, shuningdek, Turkiya terror tashkilotlariga “bir-biridan farqidan qat’i nazar” qarshi kurashishda davom etishini bildirgan.
O‘tgan yilning 30 noyabr kuni mazkur yetakchining ukasi o‘ldirilgani e’lon qilingandi. Pentagon Suriyada IShIDning sobiq yetakchisi, kichik Qurayshiy yo‘q qilinganini e’lon qilgan edi. AQSh harbiy departamenti bayonotida aytilishicha, u Turkiya nazoratidagi Suriya erkin armiyasi harbiylari tomonidan mamlakat janubida olib borilgan operatsiya natijasida yo‘q qilingan.