“Suvoqava” hamda “Issiqlik manbai” korxonalari rahbarlariga savollaringiz bormi?
- 02.05.2019 10:33
- 166
- Samarqand
Bugun soat 20:00 dan boshlab Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida viloyat “Suvoqava” hamda “Issiqlik manbai” DUK rahbarlari ishtirokida muloqot o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Siz o‘zingizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalarni ko‘rsatuvgacha va ko‘rsatuv davomida (66)233-96-01, 233-96-07, 233-96-08, 233-96-09 raqamli telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish yoxud @ochiq\_muloqot telegram messendjeriga xabar yuborish orqali bildirishingiz mumkin.
Bildirilgan barcha murojaatlar viloyat hokimligi va viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan nazoratga olinadi.
Teglar:
Ochiq muloqot