Suxandonning xatosini topgan qiz bugun montaj ustasi
U bu kasbga qanday kirib keldi?
Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida qariyb 20 yildan buyon mehnat qilib kelayotgan montaj ustasi Madina Mahmudova yoshligida prokuror bo‘lishni orzu qilgan. Ammo taqdir taqozosi bilan televideniyeda ish boshlagan. Garchi, mas’uliyatli va mashaqqatli kasbda mehnat qilayotgan bo‘lsa-da, u ishini yaxshi ko‘radi. Shuning uchun ham unga faoliyatidagi qiyinchiliklar sezilmaydi.
Bunday kasb egalari bayram kunlari dam olmaydi, efirga berilishi kerak bo‘lgan tezkor xabarlarni montaj qiladi. Ba’zida ularni zudlik bilan ishga chaqirib qolishadi, lekin kasbidan nolimaydi.
- Kasbga sadiqlik insonni toblab, yuksaltirar ekan, - deydi Madina Mahmudova. - Montaj sohasida qiyinchilik yo‘q deb bo‘lmaydi, faqat ijod qilish kerak.
Videolavhada montaj ustalarining kasbi bilan bog‘liq voqealar bilan tanishamiz.