Tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’moli uchun tariflar oshirilmasligi belgilanmoqda

2021 yil davomida tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’moli uchun tariflar oshirilmasligi belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

"Mazkur norma 2021 yil uchun mo‘ljallangan Davlat byudjeti loyihasida qayd etilgan.
Shuningdek, bugun Qonunchilik palatasining yalpi majlisida ishtirok etgan Bosh vazir Abdulla Aripov ham buni tasdiqlab, bu aholi uchun yengillik yaratish va qo‘llab-quvvatlash yo‘lida qilinayotganligini bildirib o‘tdi.

Umid qilamizki, bu sifatga ta’sir qilmaydi", deb yozmoqda deputat.