Tadbirkorlik shakllarida MChJlar yetakchi o‘rinda

2025 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno) 40 ming 420 tani tashkil etgan bo‘lsa, shundan 34 ming 349 tasi yoki 85 foizi tadbirkorlik sub’yektlari hisoblanadi. Yil boshidan buyon 2966 tadbirkorlik sub’yekti ish boshlagan.

Tadbirkorlik subektlarining umumiy sonidagi salmoqli ulush Samarqand shahri (30,7 foiz), Samarqand tumani (9,3 foiz), Past Darg‘om (7,6 foiz) hamda Urgut tumani (7,2 foiz)ga to‘g‘ri kelmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ish yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining eng ko‘p qismi savdo tarmog‘ida qolmoqda. 2025 yil 1 iyul holatiga ularning soni 14 ming 738 tani tashkil etgan.

Furqat ZULFIQOROV,

viloyat statistika boshqarmasi bo‘lim bosh mutaxassisi.