Takroriy ekin bo‘yicha tajriba bor, hosildorlik qanday bo‘ladi? 

Aholini oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish, ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash maqsadida viloyat tumanlarida 2025 yil hosili uchun g‘alla va ertaki ekinlardan bo‘shagan 90,6 ming gektar maydonga takroriy ekinlar ekildi.

Jumladan, Bulung‘urda 5980 gektar, Jomboyda 8496 gektar, Ishtixonda 7117 gektar, Kattaqo‘rg‘onda 8293 gektar, Narpayda 6319 gektar, Nurobod va Oqdaryoda 9591 gektar, Past Darg‘omda 17256 gektar, Paxtachida 6268 gektar, Payariqda 11721 gektar, Samarqandda 1809 gektar, Toyloqda 3526 gektar, Urgutda 2354 gektar hamda Qo‘shrabotda 80 gektar maydonda takroriy ekinlar ekilib, parvarishlanmoqda. 

Ushbu maydonlarning 35,9 ming gektari dukkakli, 26,8 ming gektari ozuqa, 10 ming gektari kartoshka,11,8 ming gektari sabzavot va 5,9 ming gektar moyli ekinlarni tashkil qiladi.

Takroriy ekinlardan 273,3 ming tonna sabzavot, 225 ming tonna kartoshka, 13,3 ming tonna moyli, 62,1 ming tonna dukkakli don hamda 767,5 ming tonna ozuqa ekinlaridan hosil olish reja qilinmoqda.