Tashkilot xodimlari futzalda kuch sinashmoqda
- 09.11.2020 20:25
- 52
- Sport
Samarqand shahrida boshqarma va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida minifutbol (futzal) bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Bellashuvni 6 noyabrdan 24 jamo boshlagan edi. Bugunga kelib ular chorak final o‘yinlarida o‘zaro kuch sinashmoqda. Olimpiya tizimida bo‘lib o‘tayotgan musobaqaning keyingi bosqichigacha Yoshlar agentligi, viloyat “Suvoqova” DUK, viloyat sog‘liqni saqlash hamda statistika boshqarmalari, yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, SamDU jamoalari yetib keldi. Ular endi yarim finalda bellashadi. Final o‘yinlari 13 noyabr kuni o‘tkaziladi.
Otabek NAZAROV.
Teglar:
Viloyat hokimi kubogi