Viloyat sektor rahbarlari jamoasi hokim kubogi sohibi
Xabar berganimizdek, Samarqand shahridagi Sartepa sport o‘yingohida viloyat hamda shahar, tumanlar sektor rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” musobaqalarining final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz o‘tgan bahslarning uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvida Ishtixon tumani sektor rahbarlari jamoasi Urgut tumani jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning final bahsida viloyat sektor rahbarlari jamoasi Toyloq tumani jamoasini 4:1 hisobida yengdi va "Viloyat hokimi kubogi" sohibi bo‘ldi.
Musobaqaning taqdirlash marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, bu kabi musobaqalar davlat idoralari rahbar xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va sportni keng targ‘ib qilish, ularning hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
G‘olib jamoalarga kubok va esdalik sovg‘alari shuningdek, "Eng faol hujumchi", "Eng yaxshi darvozabon", "Eng yaxshi himoyachi" nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi.
Fazliddin Ro‘ziboyev.