Sog‘liqni saqlash boshqarmasi futbolchilari “Viloyat hokimi kubogi”ga ega chiqdi

Sportning futzal turi bo‘yicha Samarqand viloyati boshqarma, korxona va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Viloyat hokimi kubogi” bahslari finalida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi jamoasi chet tillar instituti jamoasi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Uchinchi o‘rin viloyat “Suvoqava” DUK jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.

B.MUSTANOV.