Tayvanda “Challenge Samarkand” ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Tailandda “Challenge Taiwan” xalqaro musobaqasi boshlanishi oldidan joriy yilning sentyabr oyida Samarqandda o‘tadigan “Challenge Samarkand” xalqaro musobaqasining ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Xalqaro turnirning “Challenge Family” brendi vakillari bilan musobaqa trassasi bo‘ylab jarayonlarni o‘rganish asnosida tashkil etilgan ko‘rgazma nuqtalarining biri Samarqandda o‘tadigan “Challenge Samarkand” turniriga bag‘ishlandi.  

Tadbir davomida Samarqandda bo‘ladigan musobaqa mohiyati, O‘zbekistonning boy tarixi, turnirga ko‘rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

22-23 aprel kunlari sportchilar medallar uchun kurash olib boradi.

Bahslar kattalar o‘rtasida quyidagi dasturlarda bo‘lib o‘tadi:

Uzoq masofa: 3,8 km suzish, 180 km velopoyga, 42,2 km yugurish.

O‘rta masofa: 1,9 km suzish, 90 km velopoyga, 21,1 km yugurish.

Olimpiya masofasi: 1,5 km suzish, 40 km velopoyga, 10 km yugurish.